Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Myanmada harbiylar Facebook’ni bloklashdi
Axborot va aloqa vazirligining bildirishicha, Facebook 7 fevralgacha bloklandi.
Myanmada hukumatni egallab olgan harbiylar Facebook ijtimoiy tarmog‘ini bloklab qo‘yishdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Axborot va aloqa vazirligining bildirishicha, Myanmadagi 53 million nafar aholining teng yarmi foydalanadigan Facebook 7 fevralgacha bloklandi.
"Hozirda mamlakat barqarorligini buzayotgan odamlar bor... Ular Facebook’dan foydalanib yolg‘on va noto‘g‘ri xabarlar tarqatib aholini chalg‘ityapti", - deyiladi vazirlik bayonotida.
Shu bilan birga, mamlakatda ayrimlar VPN orqali ijtimoiy tarmoqqa kirish imkoniyatiga ega.
Avvalroq Myanmada harbiylar xalqaro aviaaloqani to‘xtatishgandi. Myanmar Times nashrining xabar berishicha, aviaaloqa 31 maygacha to‘xtatiladi.
Myanmada 1 fevralda harbiylar mamlakat boshqaruvini o‘z nazoratlariga olishdi. Shu kuni prezident Vin Min, hukmron partiya yetakchisi va mamlakat rahbari Aun San Su Chji hamda siyosiy rahbariyatning ko‘plab vakillari hibsga olingan. Bu 63 yil ichida mamlakatda amalga oshirilgan to‘rtinchi davlat to‘ntarishi hisoblanadi.
Mavzuga oid
21:24 / 25.04.2025
Myanmada zilzila haqida noto‘g‘ri prognozlar tarqatgan tiktoker hibsga olindi
20:02 / 18.04.2025
Tailand Myanmada qullikdan ozod etilgan 7 ming kishini vataniga yubordi
15:18 / 13.04.2025
Myanmada odam savdosi qurboni bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
10:23 / 03.04.2025