Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Maskning boyligi bir haftada 11,5 mlrd dollarga ko‘paydi
Bir hafta davomida hammadan ko‘ra ko‘proq boyigan 10 nafar milliarderning boyligi miqdori jami 74 mlrd dollarga ko‘paydi.
Ushbu haftada texnologiya kompaniyalarining aksiyalari narxi ko‘tarildi, deb yozadi Forbes.
Nashrning yozishicha, 29 yanvardan 5 fevralgacha Tesla asoschisi Ilon Maskning boyligi 11,5 mlrd dollarga oshdi. Tesla aksiyalari narxi bir hafta ichida 7,4 foizga o‘sdi.
Google asoschilari Sergey Brin va Larri Peyjning boyligi mos ravishda 10,4 va 10 mlrd dollarga ko‘paydi. Alphabet aksiyalari narxi hafta mobaynida 14 foizga ko‘tarildi.
Amazon aksiyalari narxi qimmatlashishi evaziga dunyoning eng boy odami Jyeff Bezosning boyligi bir haftada 7,7 mlrd dollarga oshdi.
Pinduoduo platformasi asoschisi xitoylik Kolin Chjen Xuanning boyligi kompaniya aksiyalari narxi 18 foizga o‘sganidan so‘ng 10,7 mlrd dollarga ko‘paydi. Pinduoduo Xitoyda borgan sari ommalashib bormoqda hamda Alibaba va JD.com kabi gigantlar bilan raqobatlashmoqda, deya qayd etadi Forbes USA.
Boyligi bir hafta ichida hammanikidan ko‘proq o‘sgan milliarderlar ro‘yxati quyidagicha:
1. Ilon Mask — 184,3 mlrd (+11,5 mlrd);
2. Kolin Chjen Xuan — 69,1 mlrd (+10,7 mlrd);
3. Larri Peyj — 90,8 mlrd (+10,4 mlrd);
4. Sergey Brin — 88,1 mlrd (+10 mlrd);
5. Jyeff Bezos — 194,7 mlrd (+7,7 mlrd);
6. Tsin Inlin (Muyuan Foodstuff raisi) — 31,8 mlrd (+5,1 mlrd);
7. Tszyan Jenshen (Zhifei raisi) — 27,3 mlrd (+5,1 mlrd);
8. Ma Xuaten — 70,8 mlrd (+4,7 mlrd);
9. Chjan Yun (Haidilao raisi) — 30,3 mlrd (+4,5 mlrd);
10. Larri Ellison (Oracle hammuassisi) — $89,2 mlrd (+$4,3 mlrd)
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
22:45 / 27.05.2025
Yevropada Tesla elektromobillari savdosi quladi
22:00 / 24.05.2025
Ilon Mask siyosatdan uzoqlashishga qaror qilgani sababi ma’lum bo‘ldi
18:44 / 22.05.2025