Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Udmurtiya Rossiyada niqob taqish talabi bekor qilingan birinchi mintaqa bo‘ldi
12 fevraldan boshlab Udmurtiyada tibbiy niqoblarni majburiy taqish talabi bekor qilinadi. Bu haqda respublika rahbari Aleksandr Brechalov xabar berdi.
«12 fevral juma kunidan boshlab [mintaqadagi] niqob taqish rejimi tavsiyaviy xarakterga ega bo‘ladi», - deya uning so‘zlarini keltirmoqda TASS. Shu bilan birga, respublika rahbari jamoat joylari, do‘konlar, teatrlar va transportda tibbiy niqoblardan foydalanishga chaqirdi.
RBK’ning ta'kidlashicha, Udmurtiya Rossiyada niqob taqish talabi bekor qilingan birinchi mintaqa bo‘ldi.
2020 yil oktyabr oyida «Rospotrebnadzor» Rossiya hududlari rahbarlariga jamoat joylarida niqob taqib yurish rejimi ustidan nazoratni kuchaytirishni tavsiya qildi. Oradan bir oy o‘tmasdan, 18 noyabr kuni, mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova «mamlakatning barcha mintaqalarida niqob rejimi joriy qilingan», deb xabar berdi.
Dekabr oyining o‘rtalaridan boshlab Rossiyada yangi aniqlangan koronavirus infeksiyasi holatlari soni asta-sekin kamayib bormoqda. 9 fevral kuni soat 11:00ga qadar Rossiyada to‘rt millionga yaqin kasallik holati qayd etildi. O‘tgan vaqt davomida, federal tezkor shtab ma'lumotlariga ko‘ra, koronavirusga chalingan 77 598 kishi vafot etdi.
Mavzuga oid
19:09 / 08.12.2024
Gurjistonda ommaviy tadbirlarga niqob taqib borish taqiqlanadi
17:56 / 28.08.2024
AQShda jamoat joyida niqob taqqan yigit hibsga olindi
07:20 / 30.06.2022
Tibbiy niqob rejimi hozircha joriy etilmayapti, biroq taqib yurish maslahat beriladi - SES
23:31 / 09.12.2021