Jamiyat | 16:48 / 11.02.2021
5514
3 daqiqa o‘qiladi

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar Zarbdor tumani hokimligi e'tiborida 

Mehr-oqibat, insonparvarlik va saxovatpeshalik xalqimizga xos umrboqiy qadriyatlarimizdan biridir. Ayniqsa, ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, davlat ta'minotida bo‘lgan jajji qalb sohiblarini quvontirish eng ezgu amallardandir.

Prezidentimiz tomonidan 2021 yilning “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nomlanishi yoshlarga oid davlat siyosati asosida navqiron avlodning zamonaviy bilim olishi hamda jamiyatda munosib o‘rin topishi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish imkonini bersa ajab emas.

Jizzax viloyati Zarbdor tuman hokimi tashabbusi bilan tuman hududida istiqomat qilayotgan, ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, davlat ta'minotidagi alohida e'tiborga muhtoj 3-15 yoshli bolalarning ruhiyatini ko‘tarish, ularga sevinch ulashish, dalda berish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuman hokimi tashabbusi bilan Jizzax shahriga o‘ziga xos sayohat uyushtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 fevraldagi PQ–4185-sonli “Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida Zarbdor tuman hokimligida yetim bolalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda tegishli tuman tashkilotlarining rahbarlari, mahalla raislari ishtirok etdilar.

Zarbdor tuman hokimi Zafar Ro‘ziyev tomonidan tumandagi 12 nafar chin yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarga turli kitoblar va 7 turdagi qish-bahor mavsumi uchun kiyim-bosh, poyabzallar sovg‘a qilindi. 

Tadbir davomida tuman hokimi yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish eng birinchi galdagi vazifa ekanligi, ularning xavfsiz yashashi, sifatli ta'lim-tarbiya olishi uchun hamma birdek mas'ul ekanligini, ularning holidan muntazam ravishda xabar olib turish, ularga ko‘maklashish uchun tuman tashkiloti rahbarlari biriktirilishini ta'kidlab o‘tdi. Bunday xayrli ishlarni kelgusida ham davom ettirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi. Bu xususda mahalla raislari va oqsoqollariga tegishli vazifalar berildi.

Reklama huquqi asosida 

Mavzuga oid