O‘zbekiston | 08:56 / 11.02.2021
10212
2 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro baxshichilik san'ati festivali qaysi shaharda o‘tkazilishi ma'lum bo‘ldi

Foto: KUN.UZ

Prezidentning “II Xalqaro baxshichilik san'ati festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va baxshichilik san'atini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 2 oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari sakkizinchi sessiyasida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan 73-majlis bayonining 96-bandida Madaniyat vazirligiga qoraqalpoq o‘lkasining folklor an'analari va qadriyatlarini targ‘ib etish, rivojlantirish va baxshichilik san'atining mohir ijrochilarini rag‘batlantirib borishni tashkil etish maqsadida, II Xalqaro baxshichilik san'ati festivalini Qoraqalpog‘istonda o‘tkazish bo‘yicha bir oy muddatda O‘zbekiston prezidenti administratsiyasiga taklif kiritish vazifasi yuklatilgan.

Qaror loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:

  • 2021 yil aprel oyida Nukus shahrida Xalqaro baxshichilik san'ati festivalini tashkil etish va o‘tkazish;
  • tashkiliy qo‘mitaning “II Xalqaro baxshichilik san'ati” festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlashi;
  • festivalni kelgusida bosqichma-bosqich boshqa hududlarga o‘tkazish va muddatini belgilashni O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi bilan kelishgan holda amalga oshirish vazifalari ko‘rsatib o‘tilgan.
  • Ta'kidlanishicha, festivalni bosqichma-bosqich boshqa hududlarda tashkil etish orqali baxshichilik san'atida mavjud bo‘lgan ijod maktablari qayta tiklanadi va rivojlantiriladi.

Mavzuga oid