Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston prezidenti o‘g‘lini o‘ziga o‘rinbosar etib tayinladi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li Serdar Berdimuhamedov mamlakat Oliy nazorat palatasi raisi bo‘ldi. Bu haqda videokonferensiya ko‘rinishida o‘tgan hukumat yig‘ilishida prezident Berdimuhamedov ma'lum qilgan.
39 yoshli Serdar Berdimuhamedov prezident farmoniga ko‘ra mamlakat Xavfsizlik kengashi tarkibiga ham kiritilgan. Serdar Berdimuhamedov mamlakat Oliy nazorat palatasi raisi sifatida mamlakat bosh vaziri o‘rinbosariga aylandi. Turkmaniston bosh vaziri ayni damda mamlakat prezidenti bo‘lgan Gurbanguli Berdimuhamedov hisoblanadi. Mamlakat Vazirlar mahkamasi to‘g‘ridan to‘g‘ri prezidentga bo‘ysunadi.
Turkmaniston prezidenti o‘g‘lini o‘ziga o‘rinbosar qilish uchun bosh vazir o‘rinbosarlari sonini bittaga oshirgan. Serdar Berdimuhamedov endilikda davlat boshqaruvida raqamli va innovatsion texnologiyalarni kiritish masalalariga javob beradi. Kichik Berdimuhamedov videokonferensiyada o‘ziga topshirilgan vazifani vijdonan bajarishga so‘z bergan, prezident esa o‘z navbatida unga omad tilagan.
Serdar Berdimuhamedov 2020 yil fevral oyidan buyon Turkmaniston sanoat va qurilish ishlab chiqarishi vaziri bo‘lib ishlayotgandi. Endilikda uning o‘rnini sobiq yordamchisi Baymirat Annamamedov egallagan.
Mavzuga oid
14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi
17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi
18:14 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi
14:31 / 24.04.2025