Jahon | 19:57 / 13.02.2021
2802
2 daqiqa o‘qiladi

Italiyada yangi hukumat qasamyod qildi

Yangi mahkamadan jami 23 nafar vazir o‘rin oldi. Iste'foga chiqqan Juzeppe Konte hukumatidagi qator vazirlar o‘z lavozimlarini saqlab qoldi.

Foto: liberoreporter.it

Italiyada Mario Dragi boshchiligidagi yangi hukumat qasamyod qildi. Qasamyod marosimi mamlakat  prezidenti Serjo Mattarella ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Yangi mahkamadan jami 23 nafar vazir o‘rin oldi. Iste'foga chiqqan Juzeppe Konte hukumatidagi qator vazirlar, jumladan tashqi ishlar vaziri Luiji Di Mayo, ichki ishlar vaziri Luchanu Lamorjyeze, sog‘liqni saqlash vaziri Roberto Speransu, madaniyat vaziri Dario Francheskini, mudofaa vaziri Lorenso Guerini o‘z lavozimlarini saqlab qoldi. Stefano Patuanelli iqtisodiyot vazirligidan qishloq xo‘jaligi vazirligiga o‘tdi.

Italiya markaziy banki bosh direktori Daniele Franko iqtisodiyot vaziri lavozimini egallaydi. Mario Dragi mamlakat konstitutsion sudining sobiq raisi Marta Kartabiyani adliya vaziri etib tayinladi. 

Italiyada 13 yanvarda ikki nafar vazir iste'foga chiqishini ma'lum qilganidan so‘ng siyosiy inqiroz yuzaga kelgandi.  

26 yanvarda Konte bosh vazirlikdan iste'foga chiqdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid