Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Mercedes Benz»dagi 722 million so‘mlik nayrang ish bermadi - bojxona xabarlari
Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati so‘nggi kunlarda aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan ma'lumot berdi.
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi «Sirdaryo» chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro M.A. boshqaruvidagi «Mercedes Benz 930.21» rusumli yuk avtomobili o‘rnatilgan tartibda inspeksion ko‘rik majmuasi yordamida tekshiruvdan o‘tkazildi.
Natijada, avtotransport vositasining yukxona va saloni yotoq qismi tagida yashirilgan, yo‘l-yuk hujjatlarida va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan hamda og‘zaki savol-javobda ma'lum qilinmagan, umumiy qiymati 722 295 000 so‘mlik, 86 turdan iborat tovarlar borligi aniqlandi.
Holat yuzasidan bojxona surishtiruvi davom etmoqda.
Hujjatlarda ko‘rsatilmagan 6 mlrd so‘mlik tovarlar fosh bo‘ldi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga karshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari «Chuqursoy» TIF bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda yuk hujjatlarida ko‘rsatilmagan tovarlarni O‘zbekiston hududiga olib kirishga bo‘lgan urinishni fosh etishdi.
Xorijiy davlatdan Andijon viloyatida faoliyat yurituvchi jamiyat nomiga olib kelingan yuk konteyneri o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, 4 turdagi tovarlar joylashtirilgani ko‘rsatilgan mazkur konteynerda hujjatlarda qayd etilmagan, kiymati 6 mlrd 202 mln so‘mlik qo‘lqoplar, fonar, kuzoynaklar hamda boshqa turdagi tovarlar mavjudligi aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur tovarlarga 2 mlrd 620 mln so‘m bojxona to‘lovlari hisoblandi. Bojxona surishtiruvi davom etmoqda.
300 mln so‘mlik «Arbidol»ning noqonuniy aylanmasi to‘xtatildi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda oldindan olingan tezkor ma'lumotlarga asosan navbatdagi «YaMA» tezkor tadbirini o‘tkazishdi.
Andijon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.N.ga tegishli noturar bino ko‘zdan kechirildi.
Natijada, binoda sifati kafolatlanmagan, umumiy qiymati 302,4 million so‘mlik 2520 quti «Arbidol» nomli dori vositalari noqonuniy tarzda saqlanayotgani aniqlandi.
Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida
11:23 / 25.02.2025
Xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchi ma’lumoti bojxona postiga oldindan yetkaziladi
20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin
09:31 / 21.02.2025