Jahon | 21:48 / 17.02.2021
3494
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada koronavirusni o‘ldiruvchi niqob ishlab chiqildi

Fransiyaning BioSerenity kompaniyasi koronavirusni yo‘q qila oluvchi himoya niqobi ishlab chiqqanini ma'lum qildi. Niqob bir marotabalik bo‘lib, uni 4 soatgacha ishlatish mumkin.  

Foto: BFMTV

BFMTV telekanalining xabar berishicha, niqob Lill universitet shifoxonasi, Fransiya salomatlik va tibbiy tadqiqotlar milliy instituti hamda Ilmiy tadqiqotlar milliy markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan. 

Himoya vositasi havo-tomchi yo‘li bilan tarqaluvchi viruslarni ushlaydi va yo‘q qila oladi. Niqobni 4 soatgacha ishlatish mumkin.

Kompaniyada ta'kidlanishicha, niqobda siklodekstrin va to‘rtlamchi ammiak molekulalari hisobiga virusni o‘ldiruvchi mato qatlami qo‘llangan.

Himoya niqobi 16 fevraldan 1,49 yevrodan sotuvga chiqarilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid