Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sog‘lom turmush tarzi platformasi aprelgacha ishga tushadi
2021 yil aprelgacha Sog‘lom turmush tarzi internet-platformasi ishga tushiriladi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov taqdim etgan jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid 2021 yilgi rejalar to‘g‘risidagi ma'lumotda aytilgan.
Unga ko‘ra, aholini kunlik yurish va yugurish, velosipedda yurishga targ‘ib qilish maqsadida 2021 yil davomida respublika bo‘yicha jami uzunligi 916 km bo‘lgan «Salomatlik yo‘laklari» barpo etiladi.
Ayni paytda har bir hududiy hokimliklarning bu masalada amalga oshiriladigan dasturlari tasdiqlangan.
«Salomatlik yo‘laklari»ni barpo etish bilan birga, 2021 yilning apreliga qadar sog‘lom turmush tarzini ifodalaydigan www.1hls.uz internet-platformasi to‘liq ishga tushiriladi. Natijada aholini kunlik yurishga targ‘ib qilish hamda antropometrik ko‘rsatkichlarini yaxshilash tizimi yaratiladi.
2021 yil yakuniga qadar jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchi aholining umumiy sonini hozirgi 19 foizdan 25 foizga yetkaziladi. Bunda 2021 yilning 1-choragida 20 foizga, yarim yillikda esa 22,5 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Avvalroq, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida kurash mahorati maktablari tashkil etilishi xabar qilingan edi.
2021 yilda O‘zbekistonda aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi «Jismoniy tayyorgarlik darajasi» sinovlari joriy etiladi.
Mavzuga oid
19:01 / 05.04.2025
“Har qanday loyihani, albatta, ekologik ekspertizadan o‘tkazamiz” – ekologiya vaziri AES haqida
16:12 / 20.12.2024
Chiqindilarni boshqarish sohasida to‘lov intizomini mustahkamlashga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi
09:24 / 12.12.2024
Turizmni tabiat bilan uyg‘unlikda rivojlantirishga oid o‘quv seminari boshlandi
15:20 / 03.12.2024