Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriya O‘zbekistonda 12ta investitsiya loyihasini amalga oshiradi
Budapesht shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston – Vengriya biznes-forumi doirasida 12ta investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ikki tomonlama bitimlar imzolandi. Shuningdek, 76ta yangi istiqbolli investitsiya loyihasi ustida birgalikda ishlashni davom ettirishga kelishib olindi.
17 fevral kuni O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Vengriyaga tashrifi doirasida Budapesht shahrida O‘zbekiston – Vengriya biznes-forumi o‘tkazildi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, tadbir yakunida O‘zbekistonning turli hududlarida parrandachilik, baliqchilik, chorvachilik va oziq-ovqat sanoati sohalarida 12ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ikki tomonlama bitimlar imzolandi.
«Vengriya hukumati har ikki mamlakatga ustuvor bo‘lgan yo‘nalishlarda iqtisodiy sheriklikni izchil kengaytirishga alohida e'tibor qaratmoqda, shuningdek, vengr kompaniyalarini o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan o‘zaro aloqalarni faollashtirishga chaqirmoqda», deya ta'kidlagan Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto.

Shuningdek, 76ta yangi istiqbolli investitsiya loyihasi ustida birgalikda ishlashni davom ettirishga kelishib olingan. Shundan 26tasi bo‘yicha O‘zbekiston va Vengriya taraflardan hamkorlar aniqlangan bo‘lib, tegishli muzokaralar olib borilayotgani ma'lum qilindi.

Biznes-forum davomida O‘zbekiston va Vengriyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari o‘rtasida «G2B» va «V2V» uchrashuvlari o‘tkazilgan. Unda ishtirokchilar qo‘shma korxonalar tashkil etish va o‘zaro manfaatli savdo bitimlarini tuzish masalalarini muhokama qilgan.
Shuningdek, Eksportni rag‘batlantirish agentligi va Savdoni rivojlantirish bo‘yicha Vengriya agentligi o‘rtasida o‘zaro sayyohlik oqimlari hajmini ko‘paytirish bo‘yicha O‘zbekiston Xususiy turizm tashkilotlari assotsiatsiyasi hamda Vengriya Sayyohlik agentliklari va turoperatorlari assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolangan.
Avvalroq, Vengriya 2023 yilgacha har yili 100 nafar o‘zbekistonlik talabalarga Vengriya universitetlarida imtiyozlar taqdim etilishi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
12:08 / 27.05.2025
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
13:15 / 26.05.2025
O‘zbekiston Xitoyning yirik kompaniyalari bilan 20 dan ortiq kelishuvlar imzoladi
12:42 / 23.05.2025
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi 4,5 barobarga pasaydi
16:41 / 22.05.2025