Jahon | 14:44 / 22.02.2021
4669
2 daqiqa o‘qiladi

Boeing aviakompaniyalarga 777 laynerlari parvozini to‘xtatib turishni tavsiya qildi

Avvalroq AQShning Denver shahrida bortida 231 yo‘lovchi va ekipajning 10 a'zosi bo‘lgan Boeing 777-200 samolyotining dvigatellaridan biri parvoz vaqtida ishlamay qolgandi. Dvigatelning qoplamasi bo‘laklari undan ajralib ketib, aholi yashaydigan hududga tushgan.

Foto: Hayden Smith

Boeing kompaniyasi aviatashuvchilarga Pratt & Whitney PW4000-112 dvigatellariga ega 777 rusumidagi samolyotlardan foydalanishni vaqtincha to‘xtatib turishni tavsiya qildi.

"Boeing United Airlines aviakompaniyasining 328-reysi bilan sodir bo‘lgan voqeani diqqat bilan o‘rganmoqda. Tekshiruv tugaguniga qadar Pratt & Whitney PW4000-112 dvigatellariga ega 777 rusumidagi samolyotlardan foydalanishni vaqtincha to‘xtatib turishni tavsiya qildik", - deyiladi kompaniya saytida.

Avvalroq AQShning Denver shahrida bortida 231 yo‘lovchi va ekipajning 10 a'zosi bo‘lgan Boeing 777-200 samolyotining dvigatellaridan biri parvoz vaqtida ishlamay qolgandi. Dvigatelning qoplamasi bo‘laklari undan ajralib ketib, aholi yashaydigan hududga tushgan.

Shundan so‘ng AQSh Fuqaro aviatsiyasi federal boshqarmasi (FAA) Pratt & Whitney PW4000 dvigateliga ega Boeing 777 samolyotlari tekshirilishini e'lon qildi.

O‘z navbatida Yaponiya transport vazirligi ham xuddi shu turdagi dvigatelga ega Boeing’lar ekspluatatsiyasini to‘xtatishga qaror qildi. Nippon Airways va Japan Airlines aviakompaniyalari mos ravishda 19 ta va 13ta ana shu samolyotlarga ega.

Mavzuga oid