Video: AQShda parvozdagi Boeing 777 samolyoti dvigatelida yong‘in chiqdi
AQShning Kolorado shtatida parvozdagi Boeing 777 samolyotining dvigatelida yong‘in kelib chiqdi. Natijada layner yo‘lga chiqqanidan taxminan 20 daqiqa o‘tib, aeroportga qaytishiga to‘g‘ri keldi.
Samolyot bortida jami 241 kishi bo‘lgan, barchasi xayrli yakun topgan, deb xabar qildi CNN.
United Airlines aviakompaniyasiga qarashli Boeing 777 shanba kuni Kolorado shtati markazi Denverdan Tinch okeanidagi Havayi shtati markazi Honoluluga qarab yo‘lga chiqqandi.
Ammo mahalliy vaqt bilan soat 13:30da layner Denver xalqaro aeroportiga qaytib qo‘ndi. Laynerning o‘ng qanotidagi dvigatelda nosozlik ro‘y bergan.
Bir dvigatelda amalga oshirilgan qo‘nish muvaffaqiyatli bo‘lgan, bortdagilardan hech kim jarohatlanmagan. Yana shunisi xayrliki, parvoz vaqtida aholi yashash punktlariga samolyotning ustki qoplamalari parchalari to‘kilganiga qaramay, bu metall parchalardan shikastlanganlar haqida ma'lumot kelib tushmagan.
Koloradolik Kler Armstronning aytishicha, u parkda sayr qilib yurgan vaqtda qattiq taqirlagan ovoz eshitgan va yerga samolyot parchalari to‘kilayotganini ko‘rgan. U va bog‘dagi boshqalar pana joyga o‘tishga ulgurishgan.
Voqea ro‘y bergan hudud aholisidan samolyotning to‘kilgan parchalarini ko‘rib qolganda ularga tegmaslik va mas'ullarga xabar qilish so‘ralmoqda.
AQSh Transportdagi xavfsizlik milliy kengashi hodisa yuzasidan tekshiruv boshladi. United Airlines aviakompaniyasi Pratt & Whitney PW4000-112 dvigatellariga ega 24ta Boeing 777 samolyotini foydalanishdan oldi.
O‘z navbatida, Boeing kompaniyasi aviatashuvchilarga shu rusumdagi dvigatel bilan jihozlangan 777 laynerlari parvozini to‘xtatib turishni tavsiya qildi.
Birinchilardan bo‘lib Yaponiya hukumati xuddi shu turdagi dvigatelga ega Boeing'lar ekspluatatsiyasini to‘xtatishga qaror qildi.
Mavzuga oid
21:10 / 10.11.2024
Toshkentdan Jiddaga uchgan samolyot ortga qaytishga majbur bo‘ldi
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
20:42 / 09.11.2024