O‘zbekiston | 08:29 / 27.02.2021
9596
2 daqiqa o‘qiladi

Ayrim hududlarni rivojlantirish yo‘nalishlari belgilandi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari qabul qilindi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Qarorlarda quyidagilar belgilangan:

  • 2021-2023 yillarda Buxoro viloyatining Peshku tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari (16.02.2021 yildagi 72-son VMQ);
  • 2021-2022 yillarda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari (16.02.2021 yildagi 73-son VMQ);
  • 2021-2023 yillarda G‘uzor va Yakkabog‘ tumanlari markazlarini obodonlashtirish va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari (16.02.2021 yildagi 74-son VMQ).

Hujjat bilan mazkur hududlarni tegishli kompleks rivojlantirish dasturlari, loyihani moliyalashtirish manbalari, investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatlari, aholi turmush tarzini yaxshilash hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari, ijtimoiy soha obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash chora-tadbirlari, turizmni rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.
 
Quyidagilar dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:

  • sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish;
  • aholi bandligini ta'minlash hamda ishsizlik darajasini pasaytirish maqsadida tadbirkorlarni faol jalb etish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash;
  • muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish;
  • hududlar, yo‘llar va ko‘chalarni obodonlashtirish.

Mavzuga oid