Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh kuch bilan dunyoda demokratiyani ilgari surmaslikka va'da berdi
AQSh Jo Bayden prezidentligi vaqtida kuch usullarini qo‘llab, dunyoda demokratiyani ilgari surmaydi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken aytib o‘tdi.
“Biz endilikda qimmatbaho harbiy amaliyotlardan foydalanib, demokratiyani ilgari surmaymiz. Shuningdek, biz avtoritar tuzumlarni kuch bilan ag‘darishga urinmaymiz”, deb aytgan Blinken davlat departamentidagi nutqi vaqtida.
U AQSh o‘tmishda bunday usullarni qo‘llagani, biroq ular kutilgan natijani bermaganini tan olgan.
AQSh davlat kotibining aytishicha, Bayden ma'muriyati demokratiyani boshqa davlatlarga o‘rnak bo‘lgan hamda hamkorlarni demokratik o‘zgarishlar uchun rag‘batlantirgan holda ilgari surishga intilmoqda.
Blinken nutqi davomida AQShning dunyo sahnasidagi bosh ustuvor vazifasi Rossiya yoki Eronga emas, balki Xitoyga qarshi turish hisoblanishini aytgan.
“Xitoy – joriy yuz yillikning eng yirik geosiyosiy muammosi”, deb ta'kidlab o‘tgan AQSh davlat kotibi.
Blinkenning ta'kidlashicha, AQShda boshqa muammolar ham bor va ular, jumladan, Rossiya, Eron va Shimoliy Koreya bilan bog‘langan. “Biroq Xitoy solayotgan tahdid – bu mutlaq boshqa turdagi muammodir”, deb aytgan AQSh vakili.
Uning aytishicha, aynan Xitoyda dunyodagi hozirgi vaziyatni o‘z foydasiga o‘zgartirish uchun iqtisodiy, diplomatik, harbiy imkoniyatlar mavjud.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025