Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeChL. «Liverpul» va «PSJ» chorakfinalda, «Barsa» kambek qila olmadi
Yevropa Chempionlar Ligasida 1/4 finalga chiqqan yana ikki jamoa ma'lum bo‘ldi.
O‘z maydonida yirik hisobda yutqazgan «Barselona» Parijda katta ustunlikka erishgan bo‘lsa ham, ko‘plab vaziyatlardan foydalana olmadi va natijada keyingi bosqichga «PSJ» yo‘l oldi.
«Liverpul» «Leypsig»ni javob bahsida ham 2:0 hisobida mag‘lub etdi va qiyinchiliksiz chorakfinal masalasini hal qildi.
YeChL, 1/8 final, 10 mart
Javob o‘yinlari
PSJ — Barselona 1:1
Gollar: Mbappe (31, penalti) — Messi (37).
Amalga oshirilmagan penalti: Messi (45+3).
PSJ – Navas, Kimpembe, Kurzava (Diallo, 46), Markinos, Florensi (Dagba, 77), Paredes, Verratti (Rafinya, 84), Guyye (Danilu Pereyra, 59), Draksler (Di Mariya, 59), Ikardi, Mbappe.
Barselona – ter Stegen, Dest (Trinkau, 66), Alba, Mingesa (Firpo, 35), Langle, de Yong, Buskets (Moriba, 79), Pedri (Pyanich, 78), Dembele (Breytueyt, 79), Grizmann, Messi.
Ogohlantirishlar: Kurzava (8), Mingesa (25), Langle (30), de Yong (38), Guyye (50), Paredes (50), Ikardi (89).
Birinchi o‘yin — 4:1.
Liverpul — Leypsig 2:0
Gollar: Saloh (71), Mane (74).
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, Roberson (Tsimikas, 90), Kabak, Fillips, Saloh, Veynaldum (Milner, 82), Mane (Oksleyd-Chemberlen, 90), Tiago (Keyta, 71), Jota (Origi, 71), Fabino.
Leypsig – Gulachi, Klostermann, Upamekano, Mukiyele, Nkunku, Olmo (Aydara, 72), Kampl (Syorlot, 46), Adams, Zabitser, Forsberg (Klyuyvert, 60), Poulsen (Hvan Hi Chan, 60).
Birinchi o‘yin — 2:0.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025