Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy yangi avloddagi raketasini fazoga muvaffaqiyatli uchirdi
Xitoy 12 mart kuni yangi avloddagi raketasi Chang-7A’ni (Chanchjen-7A) fazoga uchirdi. Raketa Xaynan orolidagi Venchan kosmodromidan uchirilgan. Ushbu parvoz raketani 2020 yil martida fazoga chiqarishda yuz bergan muvaffaqiyatsizlikdan keyin uning birinchi parvozi bo‘ldi.
U orbitaga Shiyan-9 sun'iy yo‘ldoshini yetkazgan.
Raketa Xitoy fazoga yuklarni yetkazishda foydalanadigan Chang-7 raketasining modifikatsiyasi hisoblanadi.
60 metrlik uch pog‘onali Chang-7A orbitaga 5,5-7 tonna yuk yetkaza oladi.
2020 yil 17 mart kuni Chang-7A fazoga Xitoyning harbiy sun'iy yo‘ldoshini olib chiqa olmagandi. Raketaning birinchi pog‘onasi ajralgach, uning dvigateli ishida nosozlik yuz bergan va sun'iy yo‘ldosh yo‘qotilgan. Konstruktorlar yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni hisobga olib, bugungi kunda raketaning ishonchli ekanini isbotlay olishdi.
Yangi raketa Xitoyning kelgusi fazoviy parvozlarida muhim ahamiyat kasb etadi. 2025 yilgacha ushbu raketaning yiliga 3-5ta parvozini amalga oshirish kutilmoqda. Raketa fazoviy qurilmalarni baland geostatsionar orbitalarga olib chiqishda qo‘llanadi.
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025