Jamiyat | 16:27 / 13.03.2021
19701
1 daqiqa o‘qiladi
O‘limni eslab turasizmi?
Kun.uz aholining turli vakillari o‘rtasida turli mavzularda kun so‘rovlarini o‘tkazmoqda. Bugun “O‘limni eslab turasizmi?” degan savol bilan yurtdoshlarimizga yuzlandik. Ishtirokchilarni biroz sergaklantirgan bu savolga turli yosh vakillaridan javob olishga harakat qildik.
Respondentlar orasida bir kunda besh vaqt buni eslashini aytganlar, o‘limni eslab turish insonni yomonlik qilishdan tiyilish va ko‘proq yaxshilik qilishga undashini ta'kidlaganlar ham bo‘ldi. Deyarli barcha ishtirokchilar buni esda tutishlarini aytishdi.