O‘zbekiston | 12:51 / 14.03.2021
6660
1 daqiqa o‘qiladi
Taxtiqoracha dovoni qordan tozalanib, avtomobillar harakati uchun ochildi
Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtiqoracha dovonidan o‘tgan avtomobil yo‘li qordan tozalanib, transport vositalari harakati uchun ochildi.
«Barcha haydovchilardan yetarlicha past tezlikda, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini so‘raymiz», – deyiladi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabarida.
Dovondagi yo‘l qor yog‘ishi tufayli 13 mart kuni vaqtincha yopilgan edi.
13-14 mart kunlari O‘zbekistonning aksar hududlarida qor yog‘moqda. YHXBB 14 mart kuni tushga yaqin Qamchiq dovonidagi avtomobil yo‘li qordan tozalanganini xabar qildi.
Boshqarma haydovchilardan dovonda oraliq masofani saqlab, o‘ta ehtiyotkorlik bilan harakatlanishni so‘ramoqda.
Mavzuga oid
12:13 / 13.11.2024
Qamchiq dovonidagi yo‘lda qolib ketgan haydovchilarga yordam ko‘rsatilmoqda
10:11 / 18.09.2024
Qamchiq dovonida transport harakati vaqtincha cheklanyapti
07:05 / 11.05.2024
Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi
23:28 / 03.02.2024