O‘zbekiston | 09:49 / 15.03.2021
6182
1 daqiqa o‘qiladi

40 million so‘mlik taqinchoqlarni o‘margan ayol ushlandi

Foto: pixabay.com

Shu yilning 6 mart kuni Farg‘ona viloyatining Quva tumanidagi Akbarobod mahallasida yashovchi U.X. ismli ayol tuman IIBga murojaat qilib keldi. Bu haqda «Postda» xabar bermoqda.

Ayolning aytishicha, shu kuni noma'lum shaxs uning xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, uydagi seyfni kalit tanlash yo‘li bilan ochib, narxi 40 million so‘mlik tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlab ketgan.

Jabrlanuvchining arizasi asosida mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari boshlangan edi.

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmatining ma'lum qilishicha, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida taqinchoq o‘g‘risi topildi. 

Qayd etilishicha, mazkur jinoyatni M.Sh. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari boshlangan.

Mavzuga oid