Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden soliqlarni sezilarli darajada oshirmoqchi - OAV
Korporatsiyalardan olinadigan soliqlarni 21 foizdan 28 foizgacha ko‘tarish va mas'uliyati cheklangan kompaniyalar uchun soliq imtiyozlarini bekor qilish kabilar muhokama qilinmoqda.
AQSh prezidenti Jo Bayden 28 yil ichida birinchi bor soliqlarni sezilarli darajada oshirishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Bloomberg o‘z manbalariga tayanib.
Qayd etilishicha, mablag‘ 1,9 trillion dollarlik yordam paketidan so‘ng joriy etiladigan uzoq muddatli iqtisodiy dasturni moliyalashtirish uchun kerak. Korporatsiyalardan olinadigan soliqlarni 21 foizdan 28 foizgacha ko‘tarish va mas'uliyati cheklangan kompaniyalar uchun soliq imtiyozlarini bekor qilish kabilar muhokama qilinmoqda.
Bayden shuningdek, yiliga 400 ming dollardan ortiq daromad topadiganlar uchun daromad solig‘ini oshirishni mo‘ljallamoqda. Bundan tashqari, yiliga bir million dollardan ortiq pul topadiganlar uchun soliq stavkasini yuqoriroq qilib belgilash masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bayden hamisha amerikaliklar adolatli soliq siyosatini xohlaydi deb hisoblab kelgan, shuning uchun tengsizlikka qarshi kurashga e'tibor qaratmoqda, deb yozadi nashr.
Avvalroq Jo Bayden pandemiya sharoitida iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan 1,9 trln dollarlik choralar paketini tasdiqlagandi. Yordam paketi emlash dasturini kengaytirish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, ishsizlik bo‘yicha haftasiga 300 dollarlik qo‘shimcha pul berishga sarflanadi.
Deyarli 2 trln dollarlik yordam paketi emlash bo‘yicha milliy dasturni yanada kengaytirish, maktablarning xavfsiz ochilishi, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, ishsizlik bo‘yicha haftasiga 300 dollarlik qo‘shimcha pul va 3,6 ming dollarlik bolalar puli berishga sarflanadi.
Mavzuga oid
15:23 / 25.05.2025
Jo Bayden saratonga chalingani e’lon qilinganidan keyin birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi
19:09 / 19.05.2025
Bayden saratonga chalingani haqidagi xabarlarga izoh berdi
09:57 / 19.05.2025
Tramp saraton kasalligi aniqlangan Baydenni qo‘llab-quvvatladi
08:24 / 19.05.2025