Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiotada qalbaki 5 000 dollarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Zangiota tumanida qalbaki 5 000 AQSh dollarini muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida, fuqarolar M.Yu., D.X., R.A. va boshqalar o‘zaro oldindan til biriktirib, fuqaro D.ga qalbaki 100 AQSh dollarini haqiqiy 50 AQSh dollariga sotishga kelishib, qalbaki 5 000 AQSh dollarini 2 500 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi ma'lumotda.
Avvalroq, Olmazorda 50 mln so‘m miqdoridagi qalbaki pul ishlab chiqargan shaxslar ushlangandi.
Mavzuga oid
22:31 / 28.04.2025
BRICS yangi valuta yaratishni rejalashtirmayapti
10:29 / 26.04.2025
Zangiotadagi gilam do‘konida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
10:11 / 20.03.2025
DXX 1,2 mln dollarning noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘ydi
10:09 / 11.03.2025