Jahon | 15:28 / 18.03.2021
5641
1 daqiqa o‘qiladi

Myanmada internet o‘chirib qo‘yildi va gazetalar chop etilishi taqiqlandi

Hukumat ayrim xususiy gazetalarning chop etilishini to‘xtatishga buyruq bergan. Davlat ommaviy axborot vositalari ishlamayapti.

Foto: twitter.com/hninyadanazaw

Myanmada harbiy to‘ntarishdan so‘ng davom etayotgan ommaviy norozilik namoyishlari fonida ayrim shaharlarda internet xizmatlari cheklandi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Tachilek yangiliklar agentligi shisha tolali kabellarni uzib tashlayotgan ishchilar suratlarini chop etgan.

Agentlikning yozishicha, mamlakat ichidagi holat bo‘yicha xabarlarni tekshirish borgan sari qiyinlashmoqda. Hukumat ayrim xususiy gazetalarning chop etilishini to‘xtatishga buyruq bergan. Davlat ommaviy axborot vositalari ishlamayapti.

Shuningdek, ommaviy namoyishlar chog‘ida halok bo‘lganlar soni 217 kishiga yetgani aytilmoqda.

Myanma harbiylari 1 fevralda harbiy to‘ntaruv amalga oshirib, mamlakat rahbariyatini hibsga olgandi. To‘ntaruvdan keyin mamlakat bo‘ylab norozilik namoyishlari boshlangandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid