O‘zbekiston | 13:16 / 20.03.2021
22593
2 daqiqa o‘qiladi

Kun so‘rovi: Koronavirusga qarshi vaksina olasizmi?

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash jarayoni boshlanish arafasida. Biz «Kun so‘rovi» ruknida vaksina olasizmi, degan savol bilan yurtdoshlarimizga yuzlandik.

So‘rovda qatnashganlarning aksariyati emlanishga rozi ekani, vaksina olish salomatlik uchun muhimligini aytdi.

Ba'zi respondentlar vaksina haqida ma'lumotga ega emasliklarini, ma'lumot berilsa va ma'qul bo‘lsa, albatta olishlarini bildirishdi.

Yana ayrimlar esa vaksina olishni istamasligini aytishdi.

Kimlar birinchi bo‘lib va bepul emlanadi?

Kimlar birinchi emlanadi?

O‘zbekistonda birinchi navbatda koronavirusga qarshi emlanadigan aholi soni 4 mln 112 ming 668 nafarni tashkil etadi.

Birinchi navbatda koronavirusga qarshi emlanadigan aholi qatlamlari:

  • 65-74 yoshgacha bo‘lgan qariyalar – 1 mln 85 ming 797 nafar;
  • 75 yoshdan 84 yoshgacha bo‘lgan keksalar – 388 ming 686 nafar;
  • 85 yosh va undan yuqori keksalar – 139 ming 280 nafar;
  • tibbiyot xodimlari – 447 ming 976 nafar;
  • surunkali kasalliklari bor aholi (18-65 yosh) – 888 190 nafar;
  • maktab o‘qituvchilari – 689 ming 383 nafar;
  • maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari – 223 ming 426 nafar;
  • qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari – 180 ming nafar.

O‘zbekistonda emlash jarayoniga 3138ta emlash punktlari, 862ta mobil brigadalar (har birida 1 nafar oilaviy shifokor, 1 nafar vaksinator va 1 nafar muolaja hamshirasi mavjud) jalb etilgan. Vaksina olib kelinishi ko‘paygach, xususiy klinikalarda ham emlash ishlari amalga oshiriladi.

Emlashda xalqaro hamjamiyat tomonidan bepul taqdim etilgan Covishield (AstraZeneca), Xitoy bilan hamkorlikda sinalayotgan ZF-2001 va Rossiyaning Sputnik V vaksinalari qo‘llanadi.

Mavzuga oid