Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onadagi xalq saylida talonchilik sodir etgan shaxslar ushlandi
2021 yilning 21 mart kuni noma'lum shaxslar Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani Yaypan shahri markazidagi istirohat bog‘ida xalq saylini tomosha qilayotgan mast holatdagi 31 yoshli Abdurashid S.ning qo‘llarini orqaga qayirib, sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatgan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular Abdurashid S.ning cho‘ntagidagi narxi 150 000 so‘mlik “Artel ” rusumli telefon apparati va 260 000 so‘m pullarini talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, hodisa joyidan qochib ketgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 37 yoshli Ozodxo‘ja A. va 34 yoshli Bobonazar U. mast holatda sodir etganliklari, 260 000 so‘m pulga spirtli ichimlik sotib olganliklari aniqlanib, “Artel ” rusumli telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Ozodxo‘ja A. va Bobonazar U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.
Jinoyat kodeksi normalariga ko‘ra, bu turdagi jinoyatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
Mavzuga oid
14:43 / 11.03.2025
O‘zbekiston tumaniga yangi hokim tayinlandi
08:50 / 15.11.2024
Kursk oblasti sobiq rahbari RF harbiylari talonchilik qilganini tan oldi
17:21 / 07.11.2024
Farg‘onada to‘rt kishi ovqatdan zaharlandi
10:38 / 29.09.2024