O‘zbekiston | 10:10 / 24.03.2021
67136
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yana koronavirusdan o‘lim holati qayd etilishi boshlandi

SSV 10 fevraldan buyon ilk bora koronavirusdan o‘lim holati haqida xabar berdi. Shuningdek, kasalxonalarda davolanayotganlar soni yanvar oyidan beri ilk bor mingdan oshdi.

O‘zbekistonda 23 mart kuni koronavirusga chalingan bemorlardan biri vafot etdi va rasmiy statistikada qayd etilgan o‘lim holatlari soni 623taga yetdi.

SSV matbuot xizmati xabar berishicha, 23 mart kuni O‘zbekistonda yana 119 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan va shu vaqtgacha kasallikka chalinganlar soni 81 ming 678 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 1 nafari  Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 1 nafari  Andijon viloyatida,
  • 4 nafari  Buxoro viloyatida,
  • 1 nafari  Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari  Namangan viloyatida,
  • 1 nafari  Samarqand viloyatida,
  • 2 nafari  Farg‘ona viloyatida,
  • 1 nafari Xorazm viloyatida,
  • 13 nafari Toshkent viloyatida,
  • 93 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 4 nafar,
  • Xorazm viloyatida 4 nafar,
  • Toshkent viloyatida 12 nafar,
  • Toshkent shahrida 76 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 80045 (+96) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1010 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 191 nafari og‘ir, 85 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Ma'lumot uchun, SSV matbuot xizmati ma'lumotlarida so‘nggi marta 10 fevralda o‘lim holati qayd etilgandi. Shifoxonalarda davolanayotgan bemorlar soni mingdan oshiq bo‘lishi esa so‘nggi marta 6 yanvar kuni kuzatilgan.

Shuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Malika Qudratxo‘jayeva Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 36-sessiya ishtirokchilariga qilgan ma'ruzasida 2021 yilning 5 mart kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan ta'lim muassasasi tarbiyachisi M. M.ning qaynotasi Zangiotadagi shifoxonaga koronavirus infeksiyasi tashxisi bilan yetkazilgani va 7 mart kuni vafot etgani haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid