Yevropa Ittifoqi AstraZeneca vaksinasi eksportini cheklamoqchi
Yevropa Ittifoqi davlatlarida vaksina yetishmovchiligi va AstraZeneca shved-britan farmkompaniyasining shartnoma shartlarini bajara olmayotgani fonida Yevrokomissiya kompaniyaning ittifoq hududida ishlab chiqarilayotgan vaksinalari eksportini taqiqlamoqchi.
«Ishga kirishamiz», deydi Yevrokomissiyaning sog‘liqni saqlash bo‘yicha bosh direktorati muovini Sandra Gallina Yevroparlamentning 24 mart kungi tinglovida. Vaksinani nazorat qilishning mavjud mexanizmi qayta ko‘rib chiqiladi.
AFP agentligi ixtiyoridagi loyihaga binoan, Yevrokomissiya o‘zi vaksina ishlab chiqaradigan yoki aholisining sezilarli qismi emlanib bo‘lgan mamlakatlarga vaksina eksport qilish sharoitlari qat'iylashtiriladi.
Yevroittifoqda boshqa kompaniyalar ishlab chiqargan preparatlar eksporti bloklanmaydi – Biontech/Pfizer va Moderna Yevroittifoq davlatlari oldidagi majburiyatini bajaryapti.
AstraZeneca’ning Niderlandiyadagi zavodi
AFP’ning qayd etishicha, eksport cheklovlari haqidagi debatlar markazida tez orada AstraZeneca vaksinalarini ishlab chiqarishni boshlaydigan Niderlandiyadagi zavod turibdi. Bu zavodda ishlab chiqarilajak mahsulot uchun YeI va Buyuk Britaniya o‘z talablarini qo‘ydi.
Niderlandiya hukumati vakili Buyuk Britaniya bilan kelishuv haqida fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, eksportni taqiqlash «yutqazish ssenariysi» bo‘ladi. Biroq u Haaga Yevrokomissiya qaroriga bo‘ysunishi va zarur bo‘lganda eksport taqiqiga amal qilishini aytgan.
AstraZeneca bilan muammolar
AstraZeneca ilgariroq shu yilning birinchi choragida Yevroittifoqqa rejadagi 120 million o‘rniga 30 million doza, 2-chorakda 180 million o‘rniga 70 million doza vaksina yetkazib berilishini ma'lum qilgandi. Kompaniyaning bunday bayonotiga Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen keskin javob qaytardi.
«Bizda rejalashtirilgan eksportni taqiqlab qo‘yish imkoni bor. AstraZeneca’ga aytadigan gapimiz shu: «Boshqa davlatlarga yetkazib berishdan avval sen Yevropa bilan tuzilgan shartnoma bandlarini bajarib qo‘yasan», dedi u.
AstraZeneca, o‘z navbatida, yetkazib berish shartlari bajarilmasligiga Yevroittifoq hududidagi korxonalarda ro‘y berayotgan muammolarni sabab qilib ko‘rsatgan.
Germaniya kansleri Angela Merkel 23 mart kuni federal yerlar rahbarlari bilan 15 soatlik uchrashuvdan so‘ng fon der Lyayyenni qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qildi. «Bizda AstraZeneca bilan muammolar bor», deya tan oldi Germaniya kansleri. Ayni damda Merkel koronavirus vaksinasiga qo‘yiladigan «umumiy eksport taqiqlari»ga qarshi ekanini bildirdi.
Mavzuga oid
14:48 / 24.11.2024
London YeI bilan munosabatlarni tiklash uchun muzokarachi qidirmoqda
18:56 / 19.11.2024
YeI Xitoy kompaniyalaridan ishlab chiqarishlarini Yevropaga joylashtirishni talab qiladi
10:05 / 17.11.2024
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
20:40 / 06.11.2024