O‘zbekiston | 13:36 / 25.03.2021
10698
10 daqiqa o‘qiladi

«International Job Organization» XBA mas'ullariga sud hukmi o‘qildi

2021 yil 23 mart kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida “International Job Organization – xususiy bandlik agentligi” MChJ mas'ullariga oid jinoyat ishi bo‘yicha ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e'lon qilindi. Bu haqda Oliy sud Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik boshqarmasi xabar bermoqda.

Foto: International Job Organization

Qayd etilishicha, sudlanuvchilar - Sh.Abdurahmonov (1993 yilda Qirg‘izistonda tug‘ilgan, “International Job Organization – xususiy bandlik agentligi” MChJ ta'sischisi va direktori), B.Ochilov (1994 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, “Brand community” MChJ rahbari), G.Dumanova (1971 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan, “International Job Organization – xususiy bandlik agentligi” MChJ Andijon viloyati filiali menejyeri), G‘.Hasanov (1990 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan, “International Job Organization – xususiy bandlik agentligi” MChJ Xorazm viloyati filiali rahbari), J.Pardayev (1991 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, “International Job Organization – xususiy bandlik agentligi” MChJ Tayloq tumani filiali rahbari), J.Tursunov (1992 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, “International Job Organization – xususiy bandlik agentligi” MChJ Surxondaryo viloyati filiali rahbari), X.Urazoliyev (1995 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, “International Job Organization – xususiy bandlik agentligi” MChJ Jizzax shahar filiali rahbari), A.Shukurov (1985 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan, “International Job Organization – xususiy bandlik agentligi” MChJ mintaqa kuratori), D.Islomova (1977 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, “International Job Organization – xususiy bandlik agentligi” MChJ Namangan shahar filiali rahbari), B.Po‘latov (1995 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, “International Job Organization – xususiy bandlik agentligi” MChJ mintaqa kuratori), A.Ahmadjonov (1995 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, “International Job Organization – xususiy bandlik agentligi” MChJ o‘qituvchisi), Sh.Nosirov (1993 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, “Yarkoe Budushee” MChJ rahbari), B.Jalolov (1993 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, “JB-WORLD COMPANY” MChJ rahbari) va A.Solmonov (1981 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, ishsiz)ga nisbatan jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi sudyasi A. Ergashev tomonidan ko‘rib chiqildi.

E'lon qilingan sud hukmiga ko‘ra:

Sh.Abdurahmonov Jinoyat kodeksi 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan oqlanib, Jinoyat kodeksi 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “b” bandi, 184-moddasi (soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) 3-qismi va 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 9 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;

B.Ochilov Jinoyat kodeksi 243-moddasi bilan oqlanib, Jinoyat kodeksi 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 9 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;

G.Dumanova Jinoyat kodeksi 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;

G‘.Hasanov Jinoyat kodeksi 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;

J.Pardayev Jinoyat kodeksi 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;

J.Tursunov Jinoyat kodeksi 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;

X.Urazoliyev Jinoyat kodeksi 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;

A.Shukurov Jinoyat kodeksi 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;

D.Islomova Jinoyat kodeksi 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;

B.Po‘latov Jinoyat kodeksi 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 9 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;

A.Ahmadjonov Jinoyat kodeksi 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;

Sh.Nosirov Jinoyat kodeksi 168-moddasi 4-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;

B.Jalolov Jinoyat kodeksi 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 9 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi;

A.Solmonov Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga oylik ish haqining 20 foizi miqdorini davlat foydasiga ushlab qolgan holda 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Jinoyat oqibatida 2 368 nafar jabrlanuvchiga yetkazilgan 17 063 069 928 so‘m moddiy zarar sudlanuvchilar Sh.Abdurahmonov, B.Ochilov, G.Dumanova, J.Pardayev, X.Urazoliyev, A.Ahmadjonov, D.Islomova, G‘.Hasanov, J.Tursunov, A.Shukurov, B.Po‘latov va B.Jalolovdan solidar tartibda undirilishi belgilandi.

Jinoyat oqibatida 6 nafar jabrlanuvchiga yetkazilgan 172 545 183 so‘m moddiy zarar sudlanuvchilar Sh.Nosirov va B.Jalolovdan solidar tartibda undirilishi belgilandi.

Sudlanuvchi B.Jalolovdan jabrlanuvchi S.Hamidovning foydasiga 26 264 800 so‘m va O.Qobilovning foydasiga 34 669 536 so‘m undirilishi belgilandi.

Jinoyat ishi yuzasidan xatlangan 1 104 778 352 so‘m pullar va 12 678 426 462 so‘mga baholangan mol-mulklar proporsional tartibda yetkazilgan moddiy zararni qoplashga qaratilishi hamda undirilishi lozim bo‘lgan zarar miqdoridan chegirilishi belgilandi.

Mazkur jinoiy ish bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan manfaatdor taraflarga yetkazilgan moddiy va ma'naviy zarar bo‘yicha fuqarolik tartibida sudga murojaat qilish huquqiga ega ekanliklari hamda sudlanuvchilarga va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilishning qonunda belgilangan tartibi va muddati tushuntirildi, deyiladi xabarda.

Avvalroq, “International Job Organization” XBA rahbari ustidan sud boshlangani, jabrlanuvchilar 2600dan ortiq ekani ma'lum qilingandi.

XBA vakillari Koreya Respublikasi va Yevropa qit'asida joylashgan davlatlarga ishga yuborishni va'da qilib, fuqarolardan 45 mln so‘mgacha pul mablag‘larini olib kelgan.

Mavzuga oid