Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada Rossiyaning 9 rasmiy shaxsiga nisbatan sanksiyalar kiritdi
Kanada Rossiyaning 9 nafar rasmiy shaxsiga nisbatan sanksiyalar kiritdi va buni Rossiyada inson huquqlari buzilishi bilan bog‘ladi.
Sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan rossiyaliklar orasida FXX rahbari Aleksandr Bortnikov, FSIN direktori Aleksandr Kalashnikov, bosh prokuror Igor Krasnov, Rossiya prezidenti ma'muriyati rahbari birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko, mudofaa vaziri o‘rinbosarlari Aleksey Krivoruchko va Pavel Popov, Rosgvardiya direktori Viktor Zolotov va boshqalar bor.
Bu shaxslarning Kanadadagi aktivlari muzlatiladi va ularga Kanadaga kirish taqiqlanadi. Bundan tashqari, Kanadadagi shaxslarga va kanadaliklarga xorijda sanksiyalar ostiga tushgan shaxslarning mulki bilan biror-bir harakat amalga oshirish hamda moliyaviy yordam ko‘rsatish taqiqlanadi.
2 mart kuni AQSh rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy sababli Rossiya rasmiy shaxslariga nisbatan sanksiyalar kiritgandi. Bundan tashqari, AQSh Rossiyaning kimyoviy va biologik moddalar ishlab chiqarilishiga aloqador 14ta tashkilotiga qarshi cheklovlar kiritgan.
Bundan tashqari, 2 mart kuni Navalniy bilan bog‘liq vaziyat sababli Yevropa ittifoqining Rossiya mansabdor shaxslariga nisbatan sanksiyalari ham kuchga kirgan. Bryussel Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin, bosh prokuror Igor Krasnov, Rosgvardiya direktori Viktor Zolotov va FSIN rahbari Aleksandr Kalashnikovga qarshi sanksiyalar kiritgan.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
18:03 / 27.05.2025
Kanada parlamentining yangi spikeri lavozim kursisiga majburan o‘tqazildi
20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
16:19 / 24.05.2025