O‘zbekiston | 12:59 / 25.03.2021
1830
2 daqiqa o‘qiladi

«Turkish Airlines» Urganchga yangi aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin

Turkiyaning «Turkish Airlines» aviakompaniyasi «Urganch xalqaro aeroporti» rahbariyati bilan yangi aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasida muzokara o‘tkazdi.

Foto: Nicolas Economou/NurPhoto via Getty Images

24 mart kuni Urganch shahrida o‘tkazilgan uchrashuvda turkiyalik mehmonlarga aeroport xavfsizligi, uchish-qo‘nish va burilish yo‘laklari, qaysi turdagi havo kemalariga xizmat ko‘rsatilishi haqida batafsil ma'lumot berildi.

Aeroport direktori Xudoybergan Kuryazov turizm sohasi vakillari va mamlakatga keladigan sayyohlar salomatligini muhofaza qilish, havo kemalari va yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani, shuningdek, havo kemalari va yo‘lovchilariga sifatli xizmat ko‘rsatishga tayyor ekani haqida bayonot berdi.

Tomonlar tez orada hamkorlik shartnomasini imzolash haqida kelishib oldi.

Eslatib o‘tamiz, 28 martdan boshlab «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi Urganch – Istanbul – Urganch yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda.

«Turkish Airlines» dunyoning eng yirik aviakompaniyalaridan biri bo‘lib, 120dan ortiq mamlakatga parvozlarni amalga oshiradi.

Mavzuga oid