Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyatining ba'zi hududlarida gaz ta'minoti to‘xtatiladi
“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filialining “O‘rmonbek” avtomatik gaz tarqatish shoxobchasi 1-, 2- va 3-tarmoqlaridagi gaz quvurlarida olovli ishlar olib borilishi rejalashtirilgan.
Bu haqda “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filialining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shunga ko‘ra, Shahrixon tumanining “Dorilamon”, “Oq oltin”, “Qashqar”, “Mustaqillik”, “Qo‘rg‘oncha”, “Saroy”, “Paxtako‘l” MFYlar, Baliqchi tumanining “Mumtoz”, “Muqanna”, “Zulfiqor”, “Afsona”, “Jartepa” va “Charog‘on” MFYlari hamda Bo‘ston tumanidagi barcha aholi xonadonlari, ko‘p qavatli uylar va ulgurji iste'molchilar uchun 2020 yil 26 mart kuni soat 09:00 dan 17:00 ga qadar gaz ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
13:37 / 07.05.2025
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi
13:48 / 06.05.2025
Yevropa Ittifoqi 2027 yil oxirida Rossiyadan barcha gaz importini taqiqlamoqchi
15:20 / 01.05.2025