Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Respublikadagi 66 foiz issiqlik tarmoqlari ta'mirtalab ahvolda – vazir o‘rinbosari
2020 yilda respublikadagi issiqlik ta'minoti korxonalari 345,2 mlrd so‘m zarar ko‘rgan. Bu haqda 26 mart kuni AOKAda kommunal sohadagi muammolarni bartaraf etish mavzusida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Qurbon Tursunov ma'lum qildi.
2020 yilda O‘zbekistondagi issiqlik ta'minoti korxonalari 345,2 mlrd so‘m zarar ko‘rgan bo‘lib, bu zararlar davlat budjeti tomonidan to‘liq qoplab berildi. Vazir o‘rinbosarining ta'kidlashicha, bugungi kunda respublikadagi mavjud 648ta qozonxonadan 495tasi faoliyat yuritmoqda, 153ta qozonxona nosoz holatdaligi aniqlangan.
Bundan tashqari, mamlakatdagi jami issiqlik tarmoqlarining 2810 kilometri, ya'ni 66 foiz uzunlikdagi issiqlik tarmoqlari ma'nan va jismonan eskirgan, ta'mirtalab ahvolga kelib qolgan.
«Mavjud eskirgan tizim va uskunalar energiya resurslarini ko‘p sarflashi, qozonxona uskunalarining foydali ish koeffitsiyentini pasayishiga, xarajatlarning esa me'yordan ortib ketishiga, natijada xizmatlar sifati va samaradorlik pasayishiga olib kelmoqda», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
11:11 / 09.05.2025
«Yuksalish» harakati ko‘p qavatli uylarni boshqarishda ko‘plab kamchiliklarni aniqladi
14:41 / 16.04.2025
Qurilish inspeksiyasi mustaqil organga aylantiriladi
21:16 / 26.03.2025
Ko‘p qavatli uylarni isitish yopiq tizimga o‘tadi. Bu qanday ishlaydi?
17:12 / 26.03.2025