Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Turkish Airlines» Turkiyadan Farg‘onaga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi
“Turkish Airlines” Turkiyaning yirik shaharlaridan Farg‘onaga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, aviakompaniyaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bosh direktori Salim Qahramon boshchiligidagi ko‘p sonli turk mutaxassislaridan iborat ishchi guruh mahalliy xalqaro aeroportni ko‘zdan kechirish hamda mavjud infratuzilma va xavfsizlik tizimi bilan joyida tanishish uchun Farg‘onaga keldi.
Mehmonlarni aeroport direktori Timur Halilov hamda viloyat hokimligi mutasaddilari kutib oldilar. Muloqot chog‘ida Farg‘ona aeroportining vodiy hududida tutgan o‘rni va roli e'tirof etildi. Mehmonlarga viloyatning iqtisodiy va yo‘lovchi salohiyati, shuningdek Turkiya bilan hamkorlik yo‘nalishlari haqida ma'lumot berildi.
Uchrashuv chog‘ida havo kemalariga yerusti xizmati ko‘rsatish hamda umumiy xavfsizlik risklari masalalari alohida muhokama qilindi.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
15:55 / 13.05.2025
Turkiya aviakompaniyalari samolyot to‘xtashidan oldin o‘rnidan turganlarni jarimaga tortadi
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025