O‘zbekiston | 12:00 / 29.03.2021
6780
6 daqiqa o‘qiladi

VEON kompaniyalari guruhi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi yakunlari

Beeline Uzbekistan kompaniyasining yangi bosh direktori etib tayinlangan Andjyey Malinovskiyning vakili sifatida VEON kompaniyalari guruhi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Delegatsiyani VEON kompaniyalari guruhining bosh ijrochi direktori, «Unitel» MChJ (O‘zbekistondagi Beeline SB) kuzatuv kengashi raisi janob Kaan Terzioglu boshqardi.

Andjyey Malinovskiy o‘z lavozimiga tayinlanganini shunday sharhladi:

«Men bu go‘zal mamlakatda yashash va ishlash imkoniyatiga ega bo‘lganimdan xursandman. Avvalambor shuni aytmoqchimanki, professionallar jamoasiga qo‘shilish men uchun katta sharafdir. Hozirda mavjud ehtiyojlar asosida qayta ko‘rib chiqilishi va hal qilinishi kerak bo‘lgan bir qator dolzarb vazifalar bor. Kompaniyaning ustuvor yo‘nalishi – bu abonentning o‘zi, foydalanuvchi tajribasi va xizmat ko‘rsatish darajasini yaxshilash bo‘ladi».

VEON kompaniyalari guruhi delegatsiyasi mamlakatimizga bo‘lgan tashrifi boy va samarali bo‘ldi.

Raqamli tizimlarni rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yutuqlarini keng joriy etish bo‘yicha masalalar respublika Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvning diqqat markazida bo‘ldi. Uchrashuv davomida «Raqamli O‘zbekiston-2030» strategiyasini ishlab chiqishi ham muhokama qilindi. Telekommunikatsiyalarni rivojlantirish, shu jumladan O‘zbekistonda xalqaro internet tarmog‘iga kirishni erkinlashtirish to‘g‘risida Axborot vazirligining yangi qonun loyihasi haqida mehmonlarga ma'lumot berildi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev bilan suhbat chog‘ida VEON kompaniyalari guruhi vazirlikning elektron tibbiyot va raqamlashtirish, qo‘shma ijtimoiy loyihalarni yaratishda ishtirok etishi ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi vakillari bilan uchrashuvda mehmonlar ularning mamlakatda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qo‘shgan hissalarini yuqori baholadilar.

VEON kompaniyalari guruhi a'zolari va Beeline Uzbekistan top-menejyerlarining yetakchi jurnalistlar va blogerlar bilan uchrashuvi davomida ham dolzarb mavzular va savollar ko‘tarildi. Savollardan biriga javoban Kaan Terzioglu Beeline Uzbekistan kompaniyasi 4G tarmog‘i va yangi loyihalarini rivojlantirishga sarmoyalarini davom ettirishini ta'kidlab o‘tdi. Shuningdek, u mamlakatdagi telekommunikatsiya bozori yanada erkinlashtirilishiga umid bildirdi.

Kaan Terzioglu, VEON kompaniyalari guruhi maslahatchisi Boris Tadich va Andjyey Malinovskiy Jizzax viloyatiga ham borishdi. Mehmonlar Sharof Rashidov muzeyida bo‘lishdi. Ularga ushbu taniqli davlat arbobi va yozuvchi hayoti va faoliyati haqida so‘zlab berishdi.

Jizzax shahridagi 8-ixtisoslashtirilgan IT-maktabda delegatsiya a'zolari samimiylik va mehmondo‘stlik bilan kutib olindi. Eslatib o‘tamiz, ushbu maktabni modernizatsiya qilish va yangi jihozlar bilan ta'minlash uchun Beeline Uzbekistan 700 million so‘mdan ortiq investitsiya kiritdi. Mehmonlar ushbu maktab bog‘ida daraxtlar ekdilar. Ularni madaniy dasturdan so‘ng maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirishdi.

«Ishonchim komilki, ushbu IT-maktab mintaqaning yosh avlodini tarbiyalashga, ularni raqamli iqtisodiyotdagi yangi muammolarni hal qilishda tayyorlashga hissa qo‘shadi», - deb ta'kidladi Kaan Terzioglu.

Keyingi manzil – IT-parkning mahalliy filiali bo‘ldi. Delegatsiya vakillariga kompyuter savodxonligi, dasturlash, mobil robototexnika, kibersport turlari va ingliz tilini o‘rganish mumkin bo‘lgan IT-markaz namoyish etildi.

Yana bir muhim uchrashuv – Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev bilan tanishuv muloqoti bo‘ldi. Mehmonlarga mintaqaning sarmoyaviy salohiyati haqida videolavha namoyish etildi, uning imkoniyatlari va xususiyatlari haqida so‘zlab berildi.

Shuningdek, delegatsiya Jizzaxda qurilayotgan prezident maktabiga ham tashrif buyurdi.

Xalq ta'limi vazirligi bilan yaqin hamkorlik qilish hamda elektron ta'lim va startaplarni rivojlantirish bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirish ishlarini kuchaytirish zarurligi Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov bilan suhbatda muhokama qilindi.

VEON kompaniyalari guruhi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrifini Moliya vazirligidagi uchrashuv bilan yakunladi, unda baza stansiyalarini soliqqa tortilish jarayoni muhokama qilindi.

«Biz uchun O‘zbekistonda ishlash – katta sharaf. Xalqaro investor sifatida mamlakat iqtisodiyotining jadal rivojlanib borayotgani menda katta taassurot qoldirdi. Ishonchim komilki, respublika rahbariyati tomonidan olib borilayotgan liberallashtirish chora-tadbirlari, shubhasiz, xalqaro investorlarni yanada ilhomlantiradi. Biz bu yerda ekanligimizdan faxrlanamiz. Ishonaman, bizning kelajagimiz O‘zbekistonning kelajagi kabi porloq!» - deya xulosa qildi VEON kompaniyalari guruhining bosh ijrochi direktori, «Unitel» MChJ (O‘zbekistondagi Beeline SB) kuzatuv kengashi raisi Kaan Terzioglu.

«Unitel» MChJ 2006 yil 12 sentyabrdan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan – bosh qarorgohi Amsterdamda (Gollandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON – bu 9 ta mamlakatda 213 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini yetkazib beruvchi kompaniya. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida ro‘yxatga olingan.

Beeline Uzbekistan'da 1.6 mingdan ortiq xodim faoliyat yuritadi. 2006 yildan boshlab, O‘zbekiston bozoriga kirganidan beri, VEON mamlakat telekommunikatsiya sanoatiga 1.2 milliard dollardan ortiq mablag‘ kiritdi.

Beeline savdo belgisi O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1.8 milliard dollardan ortiq miqdorda soliq to‘lagan.

Sayt: beeline.uz 

Facebook: fb.com/beeline.uz 

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/uzbeelineuzb

Twitter: twitter.com/beeline_uz

Reklama huquqi asosida

 
 
 

Mavzuga oid