O‘zbekiston | 16:39 / 31.03.2021
2953
1 daqiqa o‘qiladi

Beruniyda kanal qaziyotgan ekskavator gaz quvurini yorib yubordi

Joriy yil 28 mart kuni soat 18:00 chamasida Beruniy tumanida joylashgan Beruniy AGRS №1 ga keluvchi yuqori bosimli magistral gaz quvurini ekskavator texnikasi yorib yubordi. Baxsiz hodisa oqibatida favqulodda vaziyat yuzaga kelgan.

«Hududgaz Qoraqalpog‘iston» gaz ta'minoti filiali «Beruniy tuman gaz» bo‘linmasining xabar qilishicha, ushbu hodisa tufayli Beruniy AGRS №1 dan tabiiy gaz bilan ta'minlanib turgan aholi hamda ulgurji iste'molchilar vaqtinchalik gaz tarmog‘idan uzilgan.

«Urganchtransgaz» unitar korxonasiga qarashli yuqori bosimdagi magistral gaz tarmog‘ini «Haytbay arna» kanalini qazib kelayotgan ekskavatorning urib yuborganligi aniqlandi. Ayni paytda shikast yetkazilgan joyda ta'mirlash ishlari oxiriga yetkazilib, aholi va ulgurji iste'molchilar qayta gaz tarmog‘iga ulangan.

Mavzuga oid