O‘zbekiston | 08:56 / 31.03.2021
2798
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda Pensiya jamg‘armasi qarorlarining 69 tasi haqiqiy emas, deb topilgan

2020 yilda Buxoro viloyat ma'muriy sudlari tomonidan budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman va shahar bo‘limlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari ustidan berilgan shikoyatlarga asosan, jami 201 ta ish ko‘rilgan. 

Buxoro viloyati ma'muriy sudi sudyasi Ixtiyor Xolovning ma'lum qilishicha, budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman va shahar bo‘limlarining qarorlarini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida 75 ta ish ko‘rilgan. Shundan 69 tasi qanoatlantirilgan. 

Ko‘rib chiqilgan ishlarning 126 tasi mansabdor shaxslarning xatti-harakatlarini qonunga xilof deb topish bilan bog‘liq. Bu ishlarning 111 tasi arizachilar foydasiga hal bo‘lgan.  

Ta'kidlanishicha, ayrim hollarda sobiq tuman va shahar ma'muriy sudlari va budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan hujjat normalarini noto‘g‘ri qo‘llash holatlari ham uchragan.

Mavzuga oid