O‘zbekiston | 10:54 / 31.03.2021
40301
1 daqiqa o‘qiladi

Namangan viloyatida ayol ikki nafar farzandini ko‘prikdan tashlamoqchi bo‘ldi

Joriy yilning 28 mart kuni soat 09:30larda Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi ayol ko‘prik ustida to‘xtatib qolindi, deb xabar bermoqda Milliy gvardiya axborot xizmati.

Qayd etilishicha, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro A.Sh. ikki nafar, 6 va 3 yoshdagi farzandlarini Mingbuloq tumanidan oqib o‘tuvchi “Sirdaryo” daryosi ustida joylashgan ko‘prikdan tashlamoqchi bo‘lgan.

Ma'lum qilinishicha, shu vaqtda u ushbu hududda xizmat o‘tayotgan Qo‘riqlash boshqarmasi 2-alohida otryad xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingan.

Holat yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tuman IIB, tuman hokimligi vakillari va ayolning oila a'zolariga xabar berilgan.

Hozirda tuman IIB mas'ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda, deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid