“Oskar” taqdimoti birinchi marta bir nechta davlatda o‘tkazilishi mumkin
“Oskar” kinomukofoti topshirilish marosimi birinchi marta nafaqat AQShda, balki Yevropa davlatlarida o‘tkazilishi mumkin. Joriy yildagi “Oskar” taqdimotini pandemiya sababli Los-Anjyelesdan tashqari, Parij va Londonda o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Nollywood Reporter nashrining xabar berishicha, 93-taqdimot tashkilotchilari ba'zi nomzodlar pandemiya sababli AQShga kelishlari dargumonligini aytishgandan keyin shunday qarorga kelgan.
Taqdimotni 25 aprelda o‘tkazish rejalashtirilgan, biroq uning Parij va Londondagi qismi o‘tkaziladigan joylar hali noma'lum.
Shu bilan birga, taqdimot prodyuserlari “Oskar” ishtirokchilaridan Los-Anjyelesga kelishni so‘rashmoqda.
AQShga keladigan ishtirokchilar 10 kunlik karantindan o‘tishlari kerak bo‘ladi. Bu bilan bog‘liq barcha xarajatlarni taqdimot hamkorlari o‘z zimmasiga olishga tayyor.
Ta'kidlash joiz, taqdimotning AQShdagi asosiy qismini ham ikkita joyda - Los-Anjyelesdagi “Yunion Steyshn” vokzalida va Hollivuddagi “Dolbi” teatrida o‘tkazish rejalashtirilgan.
Shuningdek, joriy yilda birinchi marta “Oskar” taqdimotida katta ekranlarga chiqarilmay, striming servislar orqali namoyish qilingan filmlarga ishtirok etishga ruxsat berilgan.
Mavzuga oid
10:31
AQSh Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024