Toshkentda «Kobalt» va «Lasetti» ishtirokidagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi
Joriy yilning 27 mart kuni soat 13:30larda, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hududida "Kobalt" rusumli avtomobil haydovchisi yomg‘ir sabab yo‘l sirpanchiqligini inobatga olmasdan, tezlikni me'yoridan oshirib harakatlanishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan va qatnov qismini ajratuvchi to‘siqqa urilib, qarshisidan o‘z yo‘lida kelayotgan "Lasetti" rusumli avtomobilga to‘qnashgan.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, yuz bergan hodisa oqibatida "Lasetti" avtomobilining 31 yoshli haydovchisi va 33 yoshli yo‘lovchisi hodisa joyida vafot etib, 25 yoshli yo‘lovchi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur ayanchli YTH yuzasidan tuman hududida IIV YHXBB rahbarlari, Toshkent shahar IIBB YHXB mas'ul xodimlari hamda jamoatchilik faollari ishtirokida muhokama bo‘lib o‘tdi.
“O‘z yo‘lida, qoidalarga amal qilgan holda ketayotgan "Lasetti" haydovchisi va yo‘lovchisining bevaqt vafotiga sababchi bo‘lgan "Kobalt" avtomobili haydovchisining qoidabuzarligi jamoatchilik faollari tomonidan keskin qoralandi.
Bu kabi sodir bo‘layotgan yo‘llardagi baxsiz hodisalarga sabab va omillar muhokama qilindi. Yoshi ulug‘, tajribali fuqarolar YTHlarga qarshi mas'ul xodimlar bilan bir qatorda, har bir haydovchi va piyodalar birdek kurashishi zarurligini ta'kidlab o‘tishdi.
Barcha harakat ishtirokchilaridan yo‘llarda ob-havo sharoitini inobatga olgan holda, belgilangan qoidalarga rioya qilib harakatlanishni, qoidalarni chetlab o‘tib o‘zi va o‘zgalar salomatligini xavf ostiga qo‘ymaslikni so‘rab qolamiz”, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
16:56 / 25.09.2024
Bahodir G‘oyibnazarov hokimlikka qaytdi
17:08 / 30.08.2024
Toshkentdagi Mulla Xolmirza ota masjidi zamonaviy ko‘rinishda qayta qurilmoqda
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024