Jamiyat | 19:28 / 01.04.2021
1725
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun Navoiyda 254 nafar fuqaro emlandi

Bugun Navoiy shahridagi 15 ta emlash punktida Govid-19ga qarshi emlash tadbirlari boshlandi. Birinchi navbatda 65 yoshdan kattalar va tibbiyot xodimlari emlanmoqda. Kun davomida 254 nafar fuqaro emlandi. 

Viloyatda 45 ming nafardan ortiq 65 yoshdan kattalar hamda 18 ming nafardan ortiq tibbiyot xodimlari bor.

Navoiy viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Doston Saydulloyevning Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, viloyatga Hindistonda ishlab chiqarilgan vaksinadan 19 ming doza, O‘zbekiston-Xitoy hammuallifligida Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksinadan esa 19 600 doza keltirilgan. 

Ushbu vaksinalar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining vaksinalarni saqlash omborxonasida saqlanmoqda.

Viloyatdagi 8 ta shahar va tumanda vaksina saqlash uchun omborxonalar qurilgan. Hududlardagi emlash punktlari vaksinalarni tashish uchun 322 ta termosumka, 109 ta sovutkich bilan ta'minlangan.

Mavzuga oid