Andijondagi noodatiy reklama banneri olib tashlanganiga izoh berildi
Andijondagi markaziy ko‘chalardan birida o‘rnatilgan gilam yuvish fabrikasining noodatiy reklama banneri va uning tezda olib tashlanishi ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Fabrika marketologining Kun.uz muxbiriga bildirishicha, hokimlik tomonidan bannerdagi reklama matni qayta ko‘rib chiqish tavsiya qilingandan so‘ng banner almashtirilgan.
O‘tgan haftada Andijon shahridagi markaziy ko‘chalardan birida mahalliy gilam yuvish fabrikasiga tegishli reklama banneri ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Lekin ko‘p o‘tmay u olib tashlanib, o‘rniga boshqa banner o‘rnatilgani internet foydalanuvchilari muhokamasiga sabab bo‘ldi.
Fabrika marketologining Kun.uz muxbiriga ma'lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda surati tarqalgan reklama banneri 2021 yilning 25 mart kuni o‘rnatilgan. Biroq u ertasi kuni ertalab olib tashlangan. Bunga mahalliy davlat boshqaruvi organlari tomonidan reklama matnini qayta ko‘rib chiqish tavsiya qilingani sabab bo‘lgan.
«Yangicha yo‘nalishda reklama qilish maqsadida shunday noodatiy tarzda yozib, faqat o‘sha joyga o‘rnatgan edik. Bu banner suratlari tezda internetda tarqab ketdi. Bunaqa fikr bildirilgach, o‘zimizga ham bu matn biroz g‘ayritabiiy tuyuldi va almashtirishga qaror qildik.
Banner 25 mart kuni o‘rnatilgan bo‘lsa, 26 mart kuni olib tashlandi. O‘z sohamizda belgilangan tartib-qoidalar bo‘yicha faoliyat yuritamiz. Lekin bizdan ko‘rib shunday reklama berayotganlar ham uchrayapti», deydi marketolog.
Fabrika mutasaddisining so‘zlariga ko‘ra, bunday reklama qilish fikri uning o‘zidan chiqqan. Ayni paytda fabrika vakillari banner olib tashlanganidan norozi emasligini, uni o‘z istaklariga ko‘ra almashtirishni lozim ko‘rishganini ta'kidlashdi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda charm mahsulotlaridan oyoq kiyimlar ishlab chiqaradigan korxona tomonidan o‘zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotni noodatiy tarzda reklama qilish maqsadida Qamchiq dovonida kalish shaklidagi kompozitsiya ochilgan, biroq u ham oradan uch kun o‘tib mahalliy hokimlikning og‘zaki topshirig‘i bilan olib tashlangan edi.
Mavzuga oid
10:40
Andijonda Bobur haykalini ko‘chirib, o‘rniga savdo majmuasi, ko‘ngilochar markazlar qurish rejalashtirilmoqda
21:10 / 18.11.2024
Andijonda 1800 gektar yerning toifasi o‘zgartirilib, ishlab chiqarish majmualari quriladi
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
14:41 / 06.11.2024