Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dang‘arada mast haydovchi piyoda umriga zomin bo‘ldi
Dang‘arada mast holda avtomobil boshqargan haydovchi yo‘lning qatnov qismida ketayotgan ikki nafar piyodani urib yuborgan. Ulardan biri vafot etgan.
Farg‘ona viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2021 yil 25 mart kuni kech soat 20:00 da Dang‘ara tumani «Nayman» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan 4N-943 Naymancha—Chumoch avtomobil yo‘lining 1-kilometrida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. "Changhe pai" rusumli avtomashinani ishonch qog‘ozi bilan boshqarib ketayotgan, 1975 yilda tug‘ilgan mast haydovchi Q.B. harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lning qatnov qismida ketayotgan ikki nafar piyodani urib yuborgan.
Natijada Furqat tumani Ingichka qishlog‘ida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan Sh.M. og‘ir tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan.
Piyodalarning yana biri, shu qishloqda yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan M.O. esa yengil tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan. Unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
18:17 / 19.05.2025