O‘zbekiston | 09:11 / 03.04.2021
8374
2 daqiqa o‘qiladi

Qamoqxonalar xodimlari ham bodikamera bilan ta'minlanadi

Prezident “Jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Farmonga asosan mahkumlarning «elektron nazorati»ni ta'minlovchi axborot texnologiyalarini joriy etgan holda, jazoni ijro etish muassasalari faoliyatini bosqichma-bosqich raqamlashtiriladi. 

Xususan:

  • xodimlar personal videoregistrator (bodikamera) bilan xizmatni o‘tash tartibi tatbiq etiladi;
  • mahkumlarning jazoni o‘tash tartibini buzish holatlarini aniqlash maqsadida kuzatish va mustaqil nazorat qilish imkoniyatiga ega intellektual kameralar («Smart») tizimi muassasalarga o‘rnatiladi;
  • taqiqlangan buyumlarni olib kirish holatlarini aniqlash va oldini olish maqsadida muassasalarning nazorat o‘tish joylarida bodiskanerlar o‘rnatiladi;
  • jazoni o‘tash jarayonida mahkumning xulq-atvori va shaxsi haqidagi «axborot portreti»ni tuzish va ozodlikka chiqishidan 2 oy oldin yashash joyi bo‘yicha hududiy ichki ishlar organlariga xabar berish imkoniyatini beruvchi yagona elektron tizim yaratiladi.

Avvalroq, jazoni ijro etish tizimida ishlab chiqarish faoliyati yanada kuchaytirilishi xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid