O‘zbekiston | 18:18 / 03.04.2021
37030
2 daqiqa o‘qiladi

Vazirlik va idoralarda rahbar o‘rinbosari lavozimlaridan 40 tasi qisqartiriladi

2021 yil 1 maydan boshlab, O‘zbekistondagi 26 ta vazirlik va markaziy idoraning rahbar o‘rinbosarlari qisqartiriladi.

Bu – 3 aprel kuni imzolangan «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish to‘g‘risida» prezident qarorida nazarda tutilgan.

Unga ko‘ra, ayni paytda ro‘yxatga kiritilgan 26 ta vazirlik va idoralar rahbarlarining 110 nafar o‘rinbosari bor. 1 may holatiga, ularning 40 nafari qisqartirilib, o‘rinbosarlar soni 66 nafar qoladi.

Qayd etilishicha, rahbar o‘rinbosarlari lavozimi soni 3 va undan ortiq bo‘lganda rahbarning birinchi o‘rinbosari lavozimi kiritilishi mumkin.

Qaror bilan:

  • **Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sherikchiligi agentligi direktori – moliya vaziri o‘rinbosari lavozimidagi «moliya vaziri o‘rinbosari» maqomi chiqarib tashlanadi;
  • ***Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining kasb-hunar ta’limi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi qisqartiriladi;
  • ****Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i – qurilish vaziri o‘rinbosari lavozimidagi «qurilish vaziri o‘rinbosari» maqomi chiqarib tashlanadi;
  • *****Transport vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimi qisqartiriladi; Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi – transport vaziri o‘rinbosari lavozimidagi «transport vaziri o‘rinbosari» maqomi chiqarib tashlanadi.

Rahbar o‘rinbosarlari lavozimi soni 3 va undan ortiq bo‘lganda rahbarning birinchi o‘rinbosari lavozimi kiritilishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid