Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyadagi turmadan minglab mahbuslar qochib ketdi
5 aprelda Nigeriyaning Overri shahridagi (Imo shtati) markaziy turmadan kamida 2 ming mahbus qochib ketdi. Bundan tashqari, shtat politsiyasining markaziy bo‘limidagi tergov izolyatoridan u yerda ushlab turilgan 600 kishi qochgan.
Nigeriyaning The Nation nashri ma'lum qilishicha, qurollangan jinoyatchilar guruhi shtatning hukumat uyi yaqinidagi turmaga tungi soat 1:00 atrofida hujum qilib, u yerdan kamida 2 ming mahbusni chiqarib yuborgan.
Jinoyatchilar turma devorini buzish uchun dinamit qo‘llashgan. Shundan keyin ular turma ichiga bostirib kirishgan. Guvohlardan birining aytishicha, qurollangan guruh turmaning asosiy kirish joyiga armiya avtomobil raqamlariga ega mashinalarda kelishgan.
Hozirda turmaga qo‘shimcha qo‘shinlar yuborilgan. Qochoqlarni qidirish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, turmaga hujum bilan bir vaqtda Imo shtati politsiyasining markaziy bo‘limi ham hujumga uchragan. Buning oqibatida u yerdan tergov izolyatorida saqlangan 600ga yaqin kishi qochib ketgan. Jinoyatchilar binoga va yaqin atrofda turgan xizmat mashinalariga o‘t qo‘ygan.
Mavzuga oid
10:29 / 29.03.2025
Nigeriyalik usta kartondan Lamborghini yasadi
18:10 / 20.02.2025
Niderlandiya XV-XIX asrlarga tegishli artefaktlarni Nigeriyaga qaytaradi
15:17 / 07.02.2025
"Shtorm Z" otryadlariga 30 ming mahbus yollandi
13:23 / 27.01.2025