Paxtachida transformator buzilgani uchun odamlar ko‘chani yopdi

Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi mahallalardan birida transformator nosoz holga kelib, bir muddat elektr energiya ta'minotida uzilishlar bo‘lgani uchun odamlar norozilik sifatida ko‘chani yopgan.
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, bugun, 5 aprel kuni Paxtachi tumani «Saroy» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi odamlar M37 Samarqand-Buxoro-Ashxobod xalqaro avtomobil yo‘lining shu mahalla hududidan o‘tuvchi qismini yopishga harakat qilgan.
Bunga, mahallada joylashgan transformator yaroqsiz holga kelib, odamlarning bir muddat elektr energiyasi ta'minotisiz qolgani sabab bo‘lgan.
Qayd etilishicha, hodisa joyiga IIB xodimlari borib, odamlar bilan tushuntirish ishlarini olib borgan va ular uylariga tarqatib yuborgan.
Ta'kidlanishicha, ayni damda mahallaga yangi transformator olib borib o‘rnatilmoqda.
Mavzuga oid

16:51 / 08.03.2025
Chiqindidan qarzdorlarning svet uchun to‘lov qilishini cheklash haqidagi qonun imzolandi

19:06 / 03.03.2025
Energetika vazirligiga elektr va gaz bo‘yicha ijtimoiy me’yorlar muddatini o‘zgartirish vakolati berildi

16:47 / 03.03.2025
Elektr va gaz uchun ijtimoiy limit qayta ko‘rib chiqilishi kerak

20:42 / 21.02.2025