Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegram asoschisi BAAning eng boy milliarderi deb topildi
Durovning boyligi 17,2 mlrd dollar deb baholanmoqda, bu 2020 yildagiga nisbatan 13,8 mlrd dollarga ko‘pdir.
«VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Forbes reytingida Birlashgan Arab Amirliklarining eng boy milliarderlari orasida yetakchi bo‘ldi.
Durovning boyligi 17,2 mlrd dollar deb baholanmoqda, bu 2020 yildagiga qaraganda 13,8 mlrd dollarga ko‘pdir.
BAAning eng boy insonlari reytingida ikkinchi o‘rinda LuLu Group International kompaniyasi savdo tarmoqlari egasi Yusuffa Ali turibdi. Hindistonlik milliarderning boyligi 4,8 mlrd dollarga teng.
Durov Dubayga ko‘chib o‘tishi haqida 2017 yilda ma'lum qilgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qarorga kelishiga Dubai Media City erkin iqtisodiy hududida soliqlarning yo‘qligi sabab bo‘lgan.
Agar Durov rossiyalik milliarderlar ro‘yxatiga kiritilganida 9-o‘ringa — «Yevroxim» egasi Andrey Melnichenko (17,9 mlrd dollar) va Suleyman Kerimov (15,8 mlrd dollar) orasiga joylashgan bo‘lardi.
Avvalroq Forbes dunyoning eng boy milliarderlari ro‘yxatini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
23:21 / 24.05.2025
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi
20:25 / 20.05.2025
Fransiya Pavel Durovning AQShga borishiga ruxsat bermadi
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
12:55 / 19.05.2025