O‘zbekiston | 08:05 / 09.04.2021
2219
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonning 14 tumanidagi 21 ta hududda toza ichimlik suvi chiqarildi

Bu ishlar «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan Qoraqalpog‘istonning olis hududlarida amalga oshirilgan.

Fond matbuot xizmatining xabar berishicha, homiylar jalb qilinib, ichimlik suvi tanqis bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasining 14 ta tumanidagi ovul va qishloqlarda 21 ta quduq hamda yer osti artezian suvlari chiqarib berilgan.

Taxtako‘pir tumani Vodxoz posyolkasi ahlining so‘zlariga ko‘ra, aholi yoz va qishda ichimlik suvidan aziyat chekadi. Posyolkada 14 metr chuqurlikdan toza ichimlik suvi chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Zamin» fondi 2 yil ichida Qoraqalpog‘iston va Buxoroning 30 ta maktabida ichimlik suvi ta'minoti hamda kanalizatsiya tizimi yaratilishini ma'lum qilgandi (https://t.me/kunuzqoraqalpogiston/2937).

Mavzuga oid