Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 3ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Joriy yilning 9 aprel kuni soat 10:00larda Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasida joylashgan tuman IIO FMB binosi ro‘parasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1998 yilda tug‘ilgan F.M. boshqaruvidagi "Lasetti" rusumli, haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan R.F. boshqaruvidagi "Damas" rusumli va haydovchi, 1978 yilda tug‘ilgan D.A. boshqaruvidagi "Spark" rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
To‘qnashuv natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.
Mazkur YTH yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, to‘qnashuv sodir bo‘lish sabablariga oydinlik kiritilmoqda.
“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga, tezlik me'yoriga, yo‘l belgilari va chiziqlari talablariga rioya qilishni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
18:17 / 19.05.2025