Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Qrimga Kavkazdagi armiyasini tashladi
Ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu armiya harbiylari katta tajribaga ega: ular ikkita chechen urushi, 2004 yilda Beslanda garovga olinganlarni ozod qilish operatsiyasi va 2008 yilda Janubiy Osetiyadagi nizoda qatnashgan.
Rossiya harbiy mashg‘ulotlar doirasida Qrimdagi Opuk poligoniga janubiy harbiy okrugning 58-umumqo‘shin armiyasini tashladi. Bu haqda «Kommersant'» xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, mashg‘ulotlarda «Fagot» va «Xrizantema» tankka qarshi boshqariluvchi majmualar operatorlarining amaliy ko‘nikmalari tekshirilgan.
58-umumqo‘shin armiyasi janubiy harbiy okrug tarkibidagi eng yirik armiya hisoblanadi, uning harbiy qismlari Dog‘iston, Ingushetiya, Kabarda-Bolqoriya va Shimoliy Osetiyada joylashgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu armiya harbiylari katta tajribaga ega: ular ikkita chechen urushi, 2004 yilda Beslanda garovga olinganlarni ozod qilish operatsiyasi va 2008 yilda Janubiy Osetiyadagi nizoda qatnashgan.
13 aprel kuni Rossiya o‘zining g‘arbiy chegaralariga ikkita armiya va uchta harbiy-desant qo‘shinlari birlashmasini joylashtirgani xabar qilingandi. Mamlakat mudofaa vaziri Sergey Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, bunday qilinishiga NATOning harbiy faolligi sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
13:20 / 21.05.2025
OAV: Urush boshidan beri Rossiya armiyasidan 49 ming kishi qochgan bo‘lishi mumkin
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025